Sayt boyicha izlash

Asosiy / Iqtidorli Talabalar

Iqtidorli Talabalar

Xasanov Xojiakbar

Iqtidorli yoshlar - O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy - maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimnnng tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir. ATT kafedarsida iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga tizimli ravishda keng jalb etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalardan 4 kurs 16 – IAT – 19 gurux talabasi Xasanov Xojiakbar O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipediyasi soxibi bo’ldi.

Jakbaralieva Durdona

4-kurs talabasi Jakbaralieva Durdona “Innovativa Academy” ilmiy tadqiqotlarni ko’llab ko’vvatlash markazining 2022 yil 28 fevralida 12 sonli bo’yrug’iga asosan MDH miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi innovator -2022” maqolalar tanlovining esdalik nishonibilan taqdirlandi.

Ikramov Islomjon

4-kurs talabasi Ikramov Islomjon Joriy yil 22-oktabr kuni "Yil talabasi-2022" tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi. Fakultet bosqichida g'olib bo'lib, institut bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari tanlov komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi. Unga ko'ra: “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: II-o‘rin soxibi bo’ldi.

Kamoliddinov Murod

4-kurs talabasi Kamoliddinov Murod Joriy yilning 5-6 noyabrь kunlari Namangan viloyati yoshlari o’rtasida “Hackathon” tanlovida 1-o’rinni qo’lga kiriti 10 mln. so’mlik vaucherni qo’lga kiritdi. 19-21 may kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan "Mirzo Ulug’bek vorislari" ko’rik tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, tanlov yakunlariga ko’ra g’alaba qozondi.